Авторизация
multisoft.uz
 
  • 19:30 – Prezident Buxoroda gaz-kimyo majmuasi, quyosh elektr stansiyasi va xalqaro aeroport qurilishiga start berdi 
  • 21:06 – Umumiy ovqatlanish sohasini qo'llab-quvvatlash to'g'risidagi Prezident qarori loyihasi tayyorlandi 
  • 07:30 – O‘zbekiston Prezidenti va Germaniya Federal Kansleri ko‘p qirrali munosabatlarni yanada kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qildilar 
  • 09:05 – Хоразмда ота ўз ўғли, келини ва набирасини отди 
  • 20:00 – Алишер Султонов ШҲТ бош котиби Владимир Норов билан учрашди 

Bosh prokuraturadan Qoraqalpog‘istondagi voqealar bo‘yicha faktlarni ochiqlash talab qilinyapti

Bosh prokuraturadan 1-2 iyul kunlari Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan norozilik namoyishlarida huquqni himoya qiluvchi idoralar tomonidan ortiqcha kuch-vosita ishlatilgan yoki ishlatilmaganligi  hamda inson huquqlarining buzilishi bilan bog‘liq holatlar yuzasidan axborot berish so‘raldi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasida yuz bergan holat va voqealarni o‘rganish bo‘yicha komissiyaning navbatdagi yig‘ilishida so‘z bordi. 

Yig‘ilishda Buxoro viloyatida bo‘lib o‘tayotgan Nukus voqealari yuzasidan sud majlisida ishtirok etgan Komissiya a’zolarining fikrlari tinglangan. Sud jarayonlarining ochiq shaklda o‘tkazilayotgani, sudlanuvchi, jabrlanuvchi va guvohlarning ko‘rsatmalari tahlil qilingan va ularning Komissiya a’zolariga bildirgan fikrlari bilan solishtirilgan.

Mustaqil komissiya a’zolarining Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan voqealar bo‘yicha bo‘lib o‘tayotgan sud jarayonlarida ishtirok etishi davomida bu borada yuzaga kelayotgan va keng aholi vakillarini xavotirga solayotgan holatlar o‘rganib chiqildi hamda ularga oydinlik kiritilishini so‘rab Bosh prokuraturaga murojaat qilingan.

Qayd etilishicha, murojaatda ommaviy tartibsizliklarni sodir bo‘lishida aybdor sifatida hibsga olingan 516 nafar fuqaro, hozirda ishi sudda ko‘rib chiqilayotgan 22 nafar ayblanuvchi, yopiq muassasalarda vaqtincha ushlab turilgan boshqa shaxslar, ma’muriy javobgarlikka tortilganlar, shuningdek, tartibsizliklar vaqtida huquqni himoya qiluvchi idoralar tomonidan ortiqcha kuch-vosita ishlatilgan yoki ishlatilmaganligi  hamda inson huquqlarining buzilishi bilan bog‘liq holatlar yuzasidan axborot berish so‘raldi. 

Sud-tergov jarayonlari ishtirokchilariga oid yakuniy statistik va tahliliy ma’lumotlar ochiqlanishi bilan, bu xaqda Mustaqil komissiya tomonidan jamoatchilik xabardor etiladi.

Eslatamiz, joriy yilning 28 noyabr kuni 1-2 iyul kunlari Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklarga doir jinoyat ishi yuzasidan Buxoro viloyat sudida sud jarayoni boshlandi. 

Dastlabki tergov organining ayblov xulosasiga ko‘ra sudlanuvchilar D. Tajimuratov, L. Kallixanova, A. Turdanov, A. Smetullayev, D. Jiyemuratov, B. Kadirbergenov, B. Seytniyazov, A. Toqimbetov, Q. Seytimov, A. Nuratdinov, S. Medetov, N. Nayipov, P. Shamshetov, R. Bekmuratov, S. Kaipov, B. Genjebayev, S. Kalilayev, P. Nurniyazov, S. Kalimov, N. Sultamuratov, A. Temirxanov va A. Adilbekov Jinoyat kodeksining 28,104, 104, 159, 164, 167, 227, 243, 244, 244-1, 247 va 277-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

20 nafar sudlanuvchiga nisbatan "qamoqqa olish", 1 nafariga "uy qamog‘i" va 1 nafariga "jamoa kafilligi" tarzidagi ehtiyot choralari qo‘llanilgan.

Ochiq manbalardan

рейтинг: 
  • 0
теглар: Nukus
Изох қолдириш
белги
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
  • Бугун
  • Изохлар
  • Кўп ўқилган
Биз ижтимоий тармоқларда
  • Вконтакте
  • Facebook
  • Twitter