Авторизация
multisoft.uz
 
  • 19:30 – Prezident Buxoroda gaz-kimyo majmuasi, quyosh elektr stansiyasi va xalqaro aeroport qurilishiga start berdi 
  • 21:06 – Umumiy ovqatlanish sohasini qo'llab-quvvatlash to'g'risidagi Prezident qarori loyihasi tayyorlandi 
  • 07:30 – O‘zbekiston Prezidenti va Germaniya Federal Kansleri ko‘p qirrali munosabatlarni yanada kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qildilar 
  • 12:20 – Шароф Рашидов туманида содир этилган йўл-транспорт ҳодисаси юзасидан расмий ахборот 
  • 15:00 – АҚШ компанияси Навоийда катта шифохона қуради 

Endi qamoqqa olinganlar tergov hibsxonasiga joylashtirilishdan avval majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

O‘zbekistonda endi qamoqqa olingan shaxsni tergov hibsxonasiga joylashtirishdan avval majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. 26-iyun kuni “Jinoyat ishini yuritish chog‘ida qamoqda saqlash to‘g‘risida”gi qonunga qo‘shimcha (O‘RQ-1072-son) kiritildi, deya xabar qildi Adliya vazirligi.

Qonun quyi palata tomonidan 21-yanvar kuni qabul qilingandi. Senat 18-mart kuni ma’qullagan.

Qonunga ko‘ra, majburiy tibbiy ko‘rik qamoqqa olinganlar tergov hibsxonasiga olib kelingan paytdan e’tiboran 2 soat ichida o‘tkaziladi. Bunda qamoqqa olinganning roziligi bilan uning advokati ham ishtirok etishi mumkin.

Majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha belgilangan namunadagi tibbiy ma’lumotnoma rasmiylashtiriladi.

Tibbiy ko‘rik chog‘ida qamoqqa olinganning tanasida jarohat, shikastlanish va yaralar aniqlanganda, ular belgilangan tartibda qayd etilib, bu haqda qamoqqa olinganga ma’lum qilinadi va zudlik bilan prokurorga xabar beriladi.

Tergov hibsxonasiga joylashtirilgan qamoqqa olinganlar boshqa joyga o‘tkazilganda yoki protsessual harakatlar o‘tkazish uchun olib chiqilib, tergov hibsxonasiga qaytarilganda ham ular ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

O‘zgartirish uch oydan so‘ng — 27-sentabrdan kuchga kiradi.

рейтинг: 
  • 0
Изох қолдириш
белги
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
  • Бугун
  • Изохлар
  • Кўп ўқилган
Биз ижтимоий тармоқларда
  • Вконтакте
  • Facebook
  • Twitter