Авторизация
multisoft.uz
 
  • 14:37 – Prezident korrupsiyaga qarshi kurashda “favqulodda holat” e’lon qildi 
  • 21:06 – Umumiy ovqatlanish sohasini qo'llab-quvvatlash to'g'risidagi Prezident qarori loyihasi tayyorlandi 
  • 21:25 – Махсус комиссия саноат корхоналарида экологик рейдлар ўтказмоқда 
  • 15:10 – O‘zbekistonda o‘quvchi va talabalarni narkotik moddalar iste’mol qilish bo‘yicha tekshirish rejalashtirilmoqda. 
  • 15:00 – АҚШ компанияси Навоийда катта шифохона қуради 

Toshkentda 17 yoshli yigitga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkent shahri, Olmazor tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan voyaga yetmagan 17 yoshli Abdulaziz J.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «v» bandi (Bezorilik, ya’ni sovuq qurolni namoyish qilib, uni qo‘llab) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, 2021 yilning 4 aprel kuni soat 19:00 larda Abdulaziz J. Olmazor tumani Beruniy ko‘chasida joylashgan  jamoat joyi hisoblangan «Mir Cinema» do‘koni oldida bo‘la turib, shu yerda bo‘lgan voyaga yetmagan 17 yoshli Sultonxo‘ja A. bilan hech bir sababsiz janjallashib, yonida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan badanining turli joylariga urib tan jarohat yetkazgan.

TTA-2 kilinik shifoxonasining tibbiy ma’lumotida Sultonxo‘ja A.da «qorin old, ikkala kurak, chap bel sohasi, ikkala son tashqi yuzasi va o‘ng dumba qismida kesilgan» jarohatlari ko‘rsatilgan.

Hozirda ushbu janjalning kelib chiqish sabablari aniqlanmoqda.

рейтинг: 
  • 100
Изох қолдириш
белги
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
  • Бугун
  • Изохлар
  • Кўп ўқилган
Биз ижтимоий тармоқларда
  • Вконтакте
  • Facebook
  • Twitter