Авторизация
multisoft.uz
 
  • 10:05 – Президент давлат хавфсизлик хизматининг янги раиси этиб Рустам Жўраев тайинланди. 
  • 12:10 – Daraxtlarni kesishga moratoriy muddatsiz davrga uzaytirildi 
  • 21:25 – Махсус комиссия саноат корхоналарида экологик рейдлар ўтказмоқда 
  • 19:29 – Ўзбекистонда автомобиль йўллари ҳақидаги янги қонун қабул қилинди 
  • 15:00 – АҚШ компанияси Навоийда катта шифохона қуради 

Angrenda ikki yuk poyezdi to‘qnashdi

19 dekabr kuni soat 05:03 da Toshkent viloyatidagi «O‘zbekko‘mir» kompaniyasiga qarashli Angren ko‘mir razrezi hududida ikkita elektrovoz to‘qnashib ketdi. Ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan ma’lumotni O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati tasdiqladi.

Xabarda ta’kidlanganidek, tormoz tizimidan siqilgan havo sizib chiqishi sababli 010-raqamli elektrovoz yurib ketgan va harakatlanayotgan 017-poyezd bilan to‘qnashgan. Oqibatda 20 ta vagon — birinchi poyezdning ko‘mir ortilgan 14 ta va ikkinchi poyezdning 6 ta bo‘sh vagonlari relsdan chiqib, ag‘darilib ketgan. Ikki poyezdda jami 33 ta vagon bo‘lgan.

Hodisa oqibatida 010-poyezd mashinisti va uning yordamchisi yengil tan jarohati olgan. Ular kasalxonaga yotqizilgan.

Favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etish uchun 50 nafar mutaxassis hamda «O‘zbekko‘mir» AJ «Temir yo‘l transporti» filialidan 2 ta yuk krani va 2 ta yuk tashuvchi transport jalb etilgan. Hozirda tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

рейтинг: 
  • 100
Изох қолдириш
белги
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
  • Бугун
  • Изохлар
  • Кўп ўқилган
Биз ижтимоий тармоқларда
  • Вконтакте
  • Facebook
  • Twitter