Авторизация
multisoft.uz
 
  • 10:05 – Президент давлат хавфсизлик хизматининг янги раиси этиб Рустам Жўраев тайинланди. 
  • 12:10 – Daraxtlarni kesishga moratoriy muddatsiz davrga uzaytirildi 
  • 21:25 – Махсус комиссия саноат корхоналарида экологик рейдлар ўтказмоқда 
  • 19:29 – Ўзбекистонда автомобиль йўллари ҳақидаги янги қонун қабул қилинди 
  • 15:00 – АҚШ компанияси Навоийда катта шифохона қуради 

Qoraqalpog‘istonda o‘quvchilarning bepul tushlik bilan to‘liq qamrab olinmagani fakti bo‘yicha tekshiruv o‘tkaziladi

Ma’lum qilinishicha, yangi o‘quv yilida Xorazm viloyatidagi 1-4-sinf o‘quvchilarini bepul tushlik bilan ta’minlash maktablarning 94 foizida umumiy ovqatlanish yo‘li bilan yo‘lga qo‘yilgan va Qoraqalpog‘istonda tender tanlovlari o‘tkazilishi davom etayotgani bois bu amaliyot hali hamma joyda joriy etilmagan.

Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi Raisi Qahramon Sariyev tenderlarning bir qismi yakunlangani, 19-sentabrdan boshlab ayrim maktablarda bepul tushlik berila boshlaganini ma’lum qildi. Oktyabr oyida ham tender tanlovlari davom ettirildi, so'nggi tenderlarni yaqin kelajakda o'tkazish rejalashtirilgan.

Sardor Umurzoqov Prezidentimizning ezgu tashabbusini hayotga tatbiq etish borasida mas’ul shaxslarning e’tiborsizligidan noroziligini bildirdi. Gap boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ovqatlanishi haqida ketayotganini va bu masalani e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi – davlat byudjetidan barcha tegishli mablag‘lar ajratilgan, moliyaviy muammolar yo‘qligini ta’kidladi.

Maktab o‘quvchilarining bepul tushlik bilan to‘liq qamrab olinmagani yuzasidan Xalq ta’limi vazirligi, Bosh prokuratura va Hisob palatasi vakillari ishtirokida audit e’lon qilindi.

рейтинг: 
  • 0
Изох қолдириш
белги
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
  • Бугун
  • Изохлар
  • Кўп ўқилган
Биз ижтимоий тармоқларда
  • Вконтакте
  • Facebook
  • Twitter