Авторизация
multisoft.uz
 
  • 10:05 – Президент давлат хавфсизлик хизматининг янги раиси этиб Рустам Жўраев тайинланди. 
  • 12:10 – Daraxtlarni kesishga moratoriy muddatsiz davrga uzaytirildi 
  • 21:25 – Махсус комиссия саноат корхоналарида экологик рейдлар ўтказмоқда 
  • 19:29 – Ўзбекистонда автомобиль йўллари ҳақидаги янги қонун қабул қилинди 
  • 15:00 – АҚШ компанияси Навоийда катта шифохона қуради 

"Ҳудудгазтаъминот"нинг Тошкент вилояти филиали директори қамоққа олинди

Yakshanba kuni prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev energiya ta’minoti sohasidagi qonun hujjatlari buzilishi holatlari bo‘yicha ayrim ma’lumotlarni oshkor qildi.

Xususan, “Xududgazta’minot” AJning Toshkent viloyatidagi tarkibiy bo‘linmasi hisoblangan “Xududgaz” Toshkent filiali direktori Muzaffar Aliyevga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olingan.

Bundan tashqari, Yangiyo‘l hududiy gaz ta’minoti korxonasi rahbari Umid To‘ychiev va Guliston hududiy elektr tarmoqlari korxonasi sobiq rahbari Furqat Shodmonqulovlar ham energiya ta’minoti sohasidagi qonunchilikni buzganlikda gumonlanib, hibsga olingan. Ularga nisbatan ham jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

“Agar boshqa viloyatlardagi mas’ul shaxslar bundan to‘g‘ri xulosa chiqarmasa va qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ysa, ularga nisbatan chora ko‘rilishi shubhasiz”, — dedi Sardor Umurzoqov.

Ochiq manbalardan

рейтинг: 
  • 0
теглар: GAZ
Изох қолдириш
белги
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
  • Бугун
  • Изохлар
  • Кўп ўқилган
Биз ижтимоий тармоқларда
  • Вконтакте
  • Facebook
  • Twitter