Авторизация
multisoft.uz
 
  • 19:30 – Prezident Buxoroda gaz-kimyo majmuasi, quyosh elektr stansiyasi va xalqaro aeroport qurilishiga start berdi 
  • 21:06 – Umumiy ovqatlanish sohasini qo'llab-quvvatlash to'g'risidagi Prezident qarori loyihasi tayyorlandi 
  • 07:30 – O‘zbekiston Prezidenti va Germaniya Federal Kansleri ko‘p qirrali munosabatlarni yanada kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qildilar 
  • 09:05 – Хоразмда ота ўз ўғли, келини ва набирасини отди 
  • 20:00 – Алишер Султонов ШҲТ бош котиби Владимир Норов билан учрашди 

Andijon va Jizzax viloyatlarida gaz hisoblash uskunalarini talon-toroj qilish holatlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan “Hududgaz Andijon” gaz taʼminoti filiali bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, ushbu filialning Andijon shahar boʻlimi mansabdor shaxslari va boshqalar 839 mln soʻmlik gaz hisoblash uskunalarini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Sharof Rashidov tuman boʻlimi tomonidan “Sharof Rashidov tumangaz” gaz taʼminot boʻlimi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, ushbu boʻlim mansabdor shaxslari jami 93 mln soʻmlik gaz hisoblash uskunalarini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

рейтинг: 
  • 0
Изох қолдириш
белги
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
  • Бугун
  • Изохлар
  • Кўп ўқилган
Биз ижтимоий тармоқларда
  • Вконтакте
  • Facebook
  • Twitter