Авторизация
multisoft.uz
 
  • 20:15 – 22 декабрь куни Шавкат Мирзиёев Эрмитаж музейида МДҲ давлатлари раҳбарлари билан учрашди. 
  • 21:06 – Umumiy ovqatlanish sohasini qo'llab-quvvatlash to'g'risidagi Prezident qarori loyihasi tayyorlandi 
  • 21:25 – Махсус комиссия саноат корхоналарида экологик рейдлар ўтказмоқда 
  • 11:41 – Сенатнинг Фан, таълим ва соғлиқни сақлаш масалалари қўмитаси йиғилишида «Ўзбекистон – 2030» стратегиясида белгиланган ижтимоий соҳадаги вазифалар муҳокама қилинди. 
  • 15:00 – АҚШ компанияси Навоийда катта шифохона қуради 

Qashqadaryoda maktab direktoridan $400 so‘ragan soxta prokuratura xodimi ushlandi

Chiroqchi tumanida maktab direktoridan tekshiruv o‘tkazmaslik evaziga 400 dollar talab qilgan soxta prokuratura xodimi ushlandi. Tergovga qadar tekshiruv davomida u aslida hech qayerda ishlamaydigan va sudlangan shaxs ekani ma’lum bo‘ldi.

Qashqadaryo viloyat Chiroqchi tumanida o‘zini prokuratura organi xodimi sifatida tanishtirgan shaxs qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbirda o‘zini Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tezkor xodimi deb tanishtirgan shaxs direktor Z.R. dan maktabda tekshirish o‘tkazmaslik evaziga 400 dollar talab qilgan. Shundan 2,2 mln so‘mni turmush o‘rtog‘ining plastik kartasiga o‘tkazib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Tergovga qadar tekshiruv davomida o‘zini departament xodimi deb tanishtirgan fuqaro aslida hech qayerda ishlamaydigan, muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan Koson tumanida yashovchi A.T. ekani ma’lum bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, viloyat prokuraturasiga yuborilgan.

Ochiq manbalardan

рейтинг: 
  • 0
Изох қолдириш
белги
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
  • Бугун
  • Изохлар
  • Кўп ўқилган
Биз ижтимоий тармоқларда
  • Вконтакте
  • Facebook
  • Twitter