Авторизация
multisoft.uz
 
  • 20:15 – 22 декабрь куни Шавкат Мирзиёев Эрмитаж музейида МДҲ давлатлари раҳбарлари билан учрашди. 
  • 21:06 – Umumiy ovqatlanish sohasini qo'llab-quvvatlash to'g'risidagi Prezident qarori loyihasi tayyorlandi 
  • 21:25 – Махсус комиссия саноат корхоналарида экологик рейдлар ўтказмоқда 
  • 11:41 – Сенатнинг Фан, таълим ва соғлиқни сақлаш масалалари қўмитаси йиғилишида «Ўзбекистон – 2030» стратегиясида белгиланган ижтимоий соҳадаги вазифалар муҳокама қилинди. 
  • 15:00 – АҚШ компанияси Навоийда катта шифохона қуради 

Epitsentri Tojikistonda bo‘lgan zilzila deyarli butun O‘zbekiston bo‘ylab sezildi

23 fevral kuni erta tongda — Toshkent vaqti bilan 5:37 da Tojikistonda 5,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Uning epitsentri Tog‘li Badaxshon muxtor viloyatining Murg‘ob tumani hududiga to‘g‘ri keldi.

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring respublika markazi ma’lumotlariga ko‘ra, yer silkinishlari O‘zbekistonning deyarli barcha hududlarida sezilgan.


Chuqurlik 147 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 435 km janubi-sharqda.

O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:

Farg‘ona viloyatida 4 ball, 227 km;

Andijon viloyatida 4 ball, 256 km;

Namangan viloyatida 4 ball, 294 km;

Sirdaryo viloyatida 3−4 ball, 413 km;

Toshkent shahrida 3−4 ball, 435 km;

Jizzax viloyatida 3−4 ball, 467 km;

Surxandaryo viloyatida 3 ball, 509 km;

Samarqand viloyatida 3 ball, 523 km;

Qashqadaryo viloyatida 3 ball, 614 km;

Navoiy viloyatida 3 ball, 666 km;

Buxoro viloyatida 3 ball, 739 km.

Markaz, shuningdek, yerosti silkinishlari Xorazmda 2−3 ball va Qoraqalpog‘istonda 2−3 balli bo‘lganini bildirgandi, biroq keyinchalik bu hududlar xabardan olib tashlandi.

Ochiq manbalardan

рейтинг: 
  • 0
Изох қолдириш
белги
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
  • Бугун
  • Изохлар
  • Кўп ўқилган
Биз ижтимоий тармоқларда
  • Вконтакте
  • Facebook
  • Twitter