Авторизация
multisoft.uz
 
  • 19:30 – Prezident Buxoroda gaz-kimyo majmuasi, quyosh elektr stansiyasi va xalqaro aeroport qurilishiga start berdi 
  • 21:06 – Umumiy ovqatlanish sohasini qo'llab-quvvatlash to'g'risidagi Prezident qarori loyihasi tayyorlandi 
  • 07:30 – O‘zbekiston Prezidenti va Germaniya Federal Kansleri ko‘p qirrali munosabatlarni yanada kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qildilar 
  • 12:20 – Шароф Рашидов туманида содир этилган йўл-транспорт ҳодисаси юзасидан расмий ахборот 
  • 15:00 – АҚШ компанияси Навоийда катта шифохона қуради 

Toshkentda Oliy sud xodimi 10 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Давлат хавфсизлик хизмати ходимлари томонидан ўтказилган тезкор тадбирда қўлга олинган ушбу амалдор муқаддам судланган 2 нафар шахсга нисбатан Олий суднинг Жиноий ишлар бўйича судлов ҳайъатида кассация тартибида кўрилаётган жиноят ишини Фарғона вилоят судига ўтказган ҳолда, уларнинг оқланишига ёрдам беришни ваъда қилган.

Шунингдек, Давлат хавфсизлик хизматининг Сурхондарё вилояти бўйича бошқармаси ходимлари томонидан вилоят суди Иқтисодий ишлар бўйича судлов ҳайъатининг судья катта ёрдамчиси маҳаллий тадбиркорнинг ишончига кириб, унинг аппеляция босқичида кўрилаётган даъво аризаларини судьялар орқали ижобий ҳал қилиб бериш эвазига 6 минг АҚШ доллари олган вақтида ушланди.

Тезкор суриштирув ҳаракатлари давомида, судья катта ёрдамчиси муқаддам тадбиркорнинг Термиз туманлараро иқтисодий судига киритган даъво аризасини ижобий ҳал қилиб бериш эвазига 2 минг АҚШ доллари талаб қилиб, 600 АҚШ доллари олганлиги ҳам маълум бўлди.

Ҳозирда мазкур шахсларга нисбатан Жиноят Кодексининг 168 ва 28,211-моддалари билан жиноят ишлари қўзғатилиб, қамоққа олиш тарзидаги эҳтиёт чораси қўлланилган.

Toshkentda Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati katta konsultanti fuqarodan 10 ming AQSh dollari olgan vaqtida qo‘lga olindi.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda qo‘lga olingan ushbu amaldor muqaddam sudlangan 2 nafar shaxsga nisbatan Oliy sudning Jinoiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atida kassatsiya tartibida ko‘rilayotgan jinoyat ishini Farg‘ona viloyat sudiga o‘tkazgan holda, ularning oqlanishiga yordam berishni va’da qilgan.

Shuningdek, Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat sudi Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atining sudya katta yordamchisi mahalliy tadbirkorning ishonchiga kirib, uning appelyasiya bosqichida ko‘rilayotgan da’vo arizalarini sudyalar orqali ijobiy hal qilib berish evaziga 6 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Tezkor surishtiruv harakatlari davomida, sudya katta yordamchisi muqaddam tadbirkorning Termiz tumanlararo iqtisodiy sudiga kiritgan da’vo arizasini ijobiy hal qilib berish evaziga 2 ming AQSh dollari talab qilib, 600 AQSh dollari olganligi ham ma’lum bo‘ldi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 28,211-moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

рейтинг: 
  • 0
Изох қолдириш
белги
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
  • Бугун
  • Изохлар
  • Кўп ўқилган
Биз ижтимоий тармоқларда
  • Вконтакте
  • Facebook
  • Twitter