Buxoro viloyati Kogon tumani prokurori B. G. yirik miqdorda pora olayotgan vaqtda qo‘lga olindi.
Gumonlanuvchi “Kogon Yog-Extraction Zavod” kompaniyasi rahbariga nisbatan qamoq jazosini bekor qilish va jinoyat ishini yengillashtirish uchun 90 ming dollar soʻragan.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari prokurorni 13-fevral kuni soat 23:00 da Shoshilinch tibbiy yordam markazi binosi yonida qo‘lga oldi.
Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyati prokuraturasi nazoratiga olindi.