Авторизация
multisoft.uz
 
  • 10:05 – Президент давлат хавфсизлик хизматининг янги раиси этиб Рустам Жўраев тайинланди. 
  • 12:10 – Daraxtlarni kesishga moratoriy muddatsiz davrga uzaytirildi 
  • 21:25 – Махсус комиссия саноат корхоналарида экологик рейдлар ўтказмоқда 
  • 19:29 – Ўзбекистонда автомобиль йўллари ҳақидаги янги қонун қабул қилинди 
  • 15:00 – АҚШ компанияси Навоийда катта шифохона қуради 

Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahrida ochilgan ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi faoliyati bilan tanishd

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahrida ochilgan ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi faoliyati bilan tanishdi.

"Zarmed pratiksha hospital group” nomli ushbu qo‘shma korxona O‘zbekiston va Hindiston hamkorligida tashkil etilgan. Uning ta’sischilaridan biri Nishant Bajajning aytishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyevning Hindistonga tashrifi, ishbilarmon doiralar o‘rtasida o‘tkazilgan uchrashuvlar hamkorlikka ishonch tug‘dirgan.

Qo‘shma korxonaning dastlabki loyihasi bo‘lgan mazkur tibbiyot markazi uchun 8,5 million AQSH dollari sarflangan.

Ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 5 ta jarrohlik amaliyoti xonasi, 100 o‘rinli stasionar mavjud. Intervension kardiojarrohlik, neyrojarrohlik, endoskopik jarrohlik, ortopediya va travmatologiya, urologiya va ginekologiya, otolaringologiya faoliyat turlari uchun zamonaviy diagnostika uskunalari o‘rnatilgan. Bir vaqtning o‘zida 600 kishiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega. Tibbiy xizmatlar xalqaro standartlar asosida kompleks tarzda ko‘rsatiladi. Markazda 140 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.

– Mamlakatimizda xususiy tibbiyotga sharoit yaratilgani natijasida mana shunday zamonaviy klinikalar ko‘paymoqda. Endigi vazifa bemorlarga sifatli xizmat ko‘rsatib, odamlarning ishonchini qozonish. Davolanish uchun chet elga ketmoqchi bo‘lganlarni ham jalb etish kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Mutasaddilarga Samarqandda xususiy tibbiyot universiteti va klinikadan iborat tibbiyot klasterini tashkil etish, xorijda ishlab yurgan samarqandlik shifokorlarni ishga taklif etish uchun viloyat hokimligida jamg‘arma tuzib, ularni uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

рейтинг: 
  • 0
Изох қолдириш
белги
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
  • Бугун
  • Изохлар
  • Кўп ўқилган
Биз ижтимоий тармоқларда
  • Вконтакте
  • Facebook
  • Twitter