Авторизация
multisoft.uz
 
  • 20:15 – 22 декабрь куни Шавкат Мирзиёев Эрмитаж музейида МДҲ давлатлари раҳбарлари билан учрашди. 
  • 21:06 – Umumiy ovqatlanish sohasini qo'llab-quvvatlash to'g'risidagi Prezident qarori loyihasi tayyorlandi 
  • 21:25 – Махсус комиссия саноат корхоналарида экологик рейдлар ўтказмоқда 
  • 11:41 – Сенатнинг Фан, таълим ва соғлиқни сақлаш масалалари қўмитаси йиғилишида «Ўзбекистон – 2030» стратегиясида белгиланган ижтимоий соҳадаги вазифалар муҳокама қилинди. 
  • 15:00 – АҚШ компанияси Навоийда катта шифохона қуради 

Poytaxtimizda nogironlar ishtirokida “Cheksiz imkoniyatlar” marafoni bo‘lib o‘tdi

27-mart kuni Toshkentda "Cheksiz imkoniyatlar marafon”i bo‘lib o‘tdi, unda 100 nafarga yaqin imkoniyati cheklangan insonlar ishtirok etdi.

Marafon Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi bilan hamkorlikda "Biz birgamiz!” ijtimoiy loyihasi doirasida tashkil etildi. ("Biz birgamiz!")
O‘zbekistonda ilk bor nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus nominatsiyalar bo‘yicha marafon o‘tkazilmoqda, deb xabar qildi Adliya vazirligi.
 
Unda O‘zbekiston nogironlar, ko‘zi ojizlar va karlar jamiyatlari tomonidan taklif etilgan nomzodlar ishtirok etdi. G‘oliblar uch nominatsiya – eshitish, ko‘zi ojiz va zaif ko‘rish imkoniyati cheklangan shaxslar, harakatlanish imkoniyati cheklangan va boshqa turdagi nogironlar bo‘yicha aniqlandi. Bundan tashqari, marafonda eng yosh va eng keksa ishtirokchilar taqdirlandi.
 
Loyiha ShHT xalqaro yarim marafoni va "Navro‘z” Toshkent marafonlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan, biroq bu marafonlardan farqli o‘laroq, unda ishtirok etish bepul edi. Barcha marafonchilar ushbu tadbir uchun maxsus tayyorlangan esdalik medallari bilan taqdirlandilar.

Biz Birgamiz doirasida! imkoniyati cheklangan shaxslar tomonidan tayyorlangan mahsulotlarning xayriya yarmarkasi ham bo‘lib o‘tdi
рейтинг: 
  • 100
теглар: SPORT
Изох қолдириш
белги
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
  • Бугун
  • Изохлар
  • Кўп ўқилган
Биз ижтимоий тармоқларда
  • Вконтакте
  • Facebook
  • Twitter