Авторизация
multisoft.uz
Бугун - 13 март 2025 й 
 

Кун воқияси

  • 19:30 – Prezident Buxoroda gaz-kimyo majmuasi, quyosh elektr stansiyasi va xalqaro aeroport qurilishiga start berdi 
  • 21:06 – Umumiy ovqatlanish sohasini qo'llab-quvvatlash to'g'risidagi Prezident qarori loyihasi tayyorlandi 
  • 07:30 – O‘zbekiston Prezidenti va Germaniya Federal Kansleri ko‘p qirrali munosabatlarni yanada kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qildilar 
  • 09:05 – Хоразмда ота ўз ўғли, келини ва набирасини отди 
  • 20:00 – Алишер Султонов ШҲТ бош котиби Владимир Норов билан учрашди 

Shavkat Mirziyoyev: “Odamlarni rozi qilishga shoshilishimiz kerak”

Videoselektor yigʻilishida aholi sogʻligʻini taʼminlash, bu boradagi ishlarni tizimli davom ettirib, birinchi va ikkinchi xavf guruhlariga kiradiganlar (kasalligi yoʻq boʻlsada, nosogʻlom turmush tarzi yuritayotganlar) bilan ishlash masalalari eʼtibor qaratildi.

Bunda, tegishli vazirlik va idoralar masʼullariga sport instruktorlarini biriktirib, ommaviy gimnastika mashqlariga oʻrgatishi, ibratli oila vakillarini shaxsiy namuna sifatida jalb qilishi, doimiy tibbiy kuzatuvga muhtoj boʻlgan uchinchi va toʻrtinchi guruhlar (bemorlar, oʻzgalar parvarishiga muhtoj va nogironligi boʻlganlar) bilan ishlash masalalariga urgʻu berildi.

"Respublika ixtisoslashgan markazlarning vertikal ish tizimini takomillashtirib, ularni oilaviy shifokor punktlari bilan bogʻlash zarur” — dedi Prezident.

Bu borada Namangan tajribasini kengaytirib, barcha bemorlarni poytaxtga yubormasdan, ularga yashash joyida ixtisoslashgan tibbiy yordam olish imkoniyatini yaratish kerakligi aytib oʻtildi.

Qayd etilganidek, viloyatda 763 ta mahalladagi 33 mingta xonadonga kirib, 37 ming aholi tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgan. Shundan, 22 ming nafarini ambulator, 4,5 mingini viloyat, tuman va shahar tibbiyot muassasalarida rejali statsionar davolash tashkil etildi.

Davlatimiz rahbari mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish zarurligi haqida toʻxtalib, "Odamlarni rozi qilishga shoshilishimiz kerak” — deya taʼkidladi.

Shuningdek, yigʻilishda Toshkent shahridagi shifoxonalari miqyosida oʻtkazilgan xatlov natijasi haqida soʻz bordi. Tahlillarga koʻra, 30-40 foiz shoshilinch tibbiyot oʻrinlaridan maqsadsiz foydalanish holatlari aniqlangan.

Natijada oilaviy shifokorlar tomonidan rejali davolanishga berilayotgan orderlar soni 6 baravarga oshib, yiliga 50 mingtaga yetkazildi (oʻtgan yili poytaxtda 8 mingta order berilgan).

рейтинг: 
  • 0
Изох қолдириш
белги
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
  • Бугун
  • Изохлар
  • Кўп ўқилган
Биз ижтимоий тармоқларда
  • Вконтакте
  • Facebook
  • Twitter