Авторизация
multisoft.uz
 
  • 19:30 – Prezident Buxoroda gaz-kimyo majmuasi, quyosh elektr stansiyasi va xalqaro aeroport qurilishiga start berdi 
  • 21:06 – Umumiy ovqatlanish sohasini qo'llab-quvvatlash to'g'risidagi Prezident qarori loyihasi tayyorlandi 
  • 07:30 – O‘zbekiston Prezidenti va Germaniya Federal Kansleri ko‘p qirrali munosabatlarni yanada kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qildilar 
  • 12:20 – Шароф Рашидов туманида содир этилган йўл-транспорт ҳодисаси юзасидан расмий ахборот 
  • 15:00 – АҚШ компанияси Навоийда катта шифохона қуради 

Oʻzbekistonda karantin yana kuchaytiriladimi?

"Oʻzbekistonda koronavirus bilan bogʻliq vaziyat, vaksinatsiya jarayonlariga tayyorgarlik” mavzusida matbuot anjumani karantin qaytadimi degan savolga javob berildi. 

Anjumanda Nurmat Otabekov karantin choralarining kuchaytirilishi haqida fikr bildirdi.

«Karantin yana kuchaytiriladimi, yana keskinlashadimi, harakatlar cheklanadimi degan savollar juda ham koʻp. 

Cheklov tadbirlarini qanday tartibda boʻlishi yoki karantin tadbirlarining tatbiq etilishiga oʻzimiz sababchimiz. Agar biz hali bekor qilinmagan yoki niqobda boʻlish, ijtimoiy masofani saqlash, antiseptik vositalardan foydalanish va aholi gavjum boʻlgan joylarga borishdan oʻzimizni tiyish kabi qoidalarni yodimizdan chiqarmasak, kasallik manbaidan ikkinchi sogʻlom odamga yuqishiga yoʻl qoʻymaydigan choralarni koʻradigan boʻlsak, karantin tadbirlarini keskinlashishiga hech qanday asos boʻlmaydi.

Shu bilan birgalikda biz haddan ortiq xotirjamlikka berilib ketdik. Bu tabiiy kasallikning, statistik raqamlarning ortib borishida namoyon boʻlyapti», dedi Otabekov.

Shuningdek Anvar Alimov karantin choralari kuchaytirilishi bilan bogʻliq mish-mishlarga oydinlik kiritdi.

«Kuni kecha oʻtkazilgan xalq deputatlari shahar kengashi yigʻilishida qabul qilingan qarorda birorta yangi, kuchaytirish boʻyicha band yoʻq.

Bugun faqatgina mavjud talablar ustidan nazoratni kuchaytirish masalasi koʻrilyapti. Talab etilayotgan eng asosiy uch narsa — niqob taqish, qoʻl yuvish, ijtimoiy masofani saqlash», dedi Alimov.

рейтинг: 
  • 100
Изох қолдириш
белги
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
  • Бугун
  • Изохлар
  • Кўп ўқилган
Биз ижтимоий тармоқларда
  • Вконтакте
  • Facebook
  • Twitter