Авторизация
multisoft.uz
 
  • 20:15 – 22 декабрь куни Шавкат Мирзиёев Эрмитаж музейида МДҲ давлатлари раҳбарлари билан учрашди. 
  • 21:06 – Umumiy ovqatlanish sohasini qo'llab-quvvatlash to'g'risidagi Prezident qarori loyihasi tayyorlandi 
  • 21:25 – Махсус комиссия саноат корхоналарида экологик рейдлар ўтказмоқда 
  • 11:41 – Сенатнинг Фан, таълим ва соғлиқни сақлаш масалалари қўмитаси йиғилишида «Ўзбекистон – 2030» стратегиясида белгиланган ижтимоий соҳадаги вазифалар муҳокама қилинди. 
  • 15:00 – АҚШ компанияси Навоийда катта шифохона қуради 

Жиззахда Суриядаги террорчилик ташкилотига қўшилмоқчи бўлган фуқаро қўлга олингани айтилди

Jizzaxda Suriyadagi xalqaro terrorchilik tashkiloti safiga borib qo‘shilishni rejalashtirgani gumonlangan fuqaro qo‘lga olindi. Bu DXX hamda IIB xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbirda ma’lum bo‘lgan, deya O‘zA xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, viloyatning Paxtakor tumanida yashovchi, 21 yoshli fuqaro X.B. 2019 — 2021 yillar mobaynida pul ishlab topish maqsadida xorijiy davlatlarda bo‘lib, «Tavhid va jihod katibasi» xalqaro terrorchilik tashkilotining g‘oyaviy ta’siriga tushib qolgan.

U Paxtakor tumaniga qaytib kelib, o‘zi yashaydigan hududda xalqaro terrorchilik tashkiloti g‘oyalarini 10 nafardan ortiq tengquri orasida faol targ‘ib qilish bilan shug‘ullanganligi aytilmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, u bu ishni tashkilot yollovchilarining maxsus topshirig‘i bilan amalga oshirgan.

«Bu holatlar mutasaddi idora xodimlari tomonidan aniqlanib, xalqaro terrorchilik tashkilotlari safiga qo‘shilishni rejalashtirgan bir paytda Jizzax viloyat IIB va DXX xodimlari tomonidan qo‘lga olindi», — deyiladi xabarda.

Avval ham Rossiyaga ishlash uchun borgan qashqadaryolik fuqaro internet orqali xalqaro terrorchi tuzilmalar ta’siriga tushib qolib, Suriyadagi jangarilar safiga borib qo‘shilishni rejalashtirgani aytilgandi.

Bundan tashqari, poytaxtda 20 yoshli bir talaba va 18 yoshli ikki maktab o‘quvchisi ham diniy ekstremistik g‘oyalar ta’siriga tushib, Suriyaga ketmoqchi bo‘lganida qo‘lga olingandi.

рейтинг: 
  • 0
Изох қолдириш
белги
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
  • Бугун
  • Изохлар
  • Кўп ўқилган
Биз ижтимоий тармоқларда
  • Вконтакте
  • Facebook
  • Twitter