Авторизация
multisoft.uz
 
  • 20:15 – 22 декабрь куни Шавкат Мирзиёев Эрмитаж музейида МДҲ давлатлари раҳбарлари билан учрашди. 
  • 21:06 – Umumiy ovqatlanish sohasini qo'llab-quvvatlash to'g'risidagi Prezident qarori loyihasi tayyorlandi 
  • 21:25 – Махсус комиссия саноат корхоналарида экологик рейдлар ўтказмоқда 
  • 11:41 – Сенатнинг Фан, таълим ва соғлиқни сақлаш масалалари қўмитаси йиғилишида «Ўзбекистон – 2030» стратегиясида белгиланган ижтимоий соҳадаги вазифалар муҳокама қилинди. 
  • 15:00 – АҚШ компанияси Навоийда катта шифохона қуради 

Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov jarimaga tortildi

O‘zbekiston prezidentining qarori bilan Surxondaryo viloyati hokimi T.Bobolovga jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov seshanba kuni ma’lum qildi.

Xabarda aytilishicha, chora «o‘z faoliyatini davlat siyosati va amalga oshirilayotgan islohotlarga mos ravishda tashkil etmagani, hokimlarga qo‘yiladigan talablarga rioya etmasdan majlis qatnashchilarini haqorat qilganligi va bu bilan keng jamoatchilikning noroziligiga sabab bo‘lgani uchun» qo‘llanilgan.

Avgust oyi oxirida tarmoqlarda Surxondaryo hokimi To‘ra Bobolov Angor tuman prokurori Sirojiddin Ramazonovni haqorat qilgani aks etgan audio tarqalgan edi. Viloyat hokimligi «mazkur yig‘ilish tanqidiy ruhda o‘tganligi sababli viloyat hokimi asabiy holatda gapirishga majbur bo‘lgan»ini ma’lum qildi.

рейтинг: 
  • 0
Изох қолдириш
белги
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
  • Бугун
  • Изохлар
  • Кўп ўқилган
Биз ижтимоий тармоқларда
  • Вконтакте
  • Facebook
  • Twitter