Авторизация
multisoft.uz
 
  • 20:15 – 22 декабрь куни Шавкат Мирзиёев Эрмитаж музейида МДҲ давлатлари раҳбарлари билан учрашди. 
  • 21:06 – Umumiy ovqatlanish sohasini qo'llab-quvvatlash to'g'risidagi Prezident qarori loyihasi tayyorlandi 
  • 21:25 – Махсус комиссия саноат корхоналарида экологик рейдлар ўтказмоқда 
  • 11:41 – Сенатнинг Фан, таълим ва соғлиқни сақлаш масалалари қўмитаси йиғилишида «Ўзбекистон – 2030» стратегиясида белгиланган ижтимоий соҳадаги вазифалар муҳокама қилинди. 
  • 15:00 – АҚШ компанияси Навоийда катта шифохона қуради 

Guliston shahrida ikkita noqonuniy mayning kriptofermasi aniqlangan

Huquq-tartibot idoralari xodimlari Guliston shahrida 170 ga yaqin videokartaga ega ikkita mayning fermasini aniqladi. Bu haqda "O‘zbekiston 24” telekanaliga tayanib, Spot xabar berdi.
 
Viloyatda DXX xodimlari tomonidan boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tekshirish chog‘ida Guliston shahrida yashovchi muqaddam sudlangan shaxs binolardan birini ijaraga olib, elektr tarmog‘iga ulangan holda ruxsat etilmagan kriptovalyuta fermasini jihozlagani ma’lum bo‘ldi.
 
Tergov jarayonida ashyoviy dalil sifatida 19 dona mayning fermasini va boshqa ashyolar olindi. Davlatga 532 million so‘mga yaqin zarar yetkazildi, deyiladi xabarda.
 
Bundan tashqari, yana bir gulistonlik fuqaro fevral oyida mayning fermasini ochdi va 40 ming dollar ishlab oldi. Tintuv chog‘ida fuqaro 148 dona mayning fermasini qurilmalarini topdi.

Elektr energiyasidan qonunga xilof ravishda foydalanib, davlatga 134 million so‘mdan ortiq zarar yetkazganligi aniqlandi.

Har ikki fuqaroning harakatlariga huquqiy baho beriladi.

Avvalroq Sirdaryoning Bayaut tumanida mayning kriptofermasi aniqlangani, 2020-yil avgustidan buyon 7,7 million dollarlik kriptovalyuta  olingani haqida xabar bergan edik.

Aprel oyi oxirida Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda maynerlar majburiy ro‘yxatga olinishi, elektr energiyasi tariflari oshirilishi va boshqa talablar to‘g‘risidagi farmonni imzolagan edi.
рейтинг: 
  • 0
Изох қолдириш
белги
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
  • Бугун
  • Изохлар
  • Кўп ўқилган
Биз ижтимоий тармоқларда
  • Вконтакте
  • Facebook
  • Twitter