Psixotrop dori vositalarining noqonuniy muomalasi bilan shug‘ullangan fuqarolar qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar IIB matbuot xizmati.
Ma’lum bo‘lishicha, ayrim fuqarolar “Instragram” ijtimoiy tarmog‘ida sahifa ochib, tarkibida “Sibutramin” moddasi bo‘lgan “Fatzorb” preparatini sota boshlagan. Qayd etilishicha, bunday dori vositalarini sotish qat'iy tartibga solinadi va erkin muomalaga kiritilmaydi.
Joriy yilning 5 yanvar kuni Sergeli tumanida o‘tkazilgan maxsus tezkor tadbir davomida Obihayot ko‘chasida 1992 va 1993 yillarda tug‘ilgan ikki nafar fuqaro qo‘lga olindi. Ular 180 dona “Fatzorb” giyohvandlik moddasini 600 ming so‘mga noqonuniy sotayotgan vaqtda qo‘lga olingan. Shuningdek, qo‘lga olinganlardan birining avtomashinasini ko‘zdan kechirish chog‘ida yana 72 dona ushbu giyohvandlik moddasi topilgan.
Ochiq manbalardan
