Авторизация
multisoft.uz
 
  • 19:30 – Prezident Buxoroda gaz-kimyo majmuasi, quyosh elektr stansiyasi va xalqaro aeroport qurilishiga start berdi 
  • 21:06 – Umumiy ovqatlanish sohasini qo'llab-quvvatlash to'g'risidagi Prezident qarori loyihasi tayyorlandi 
  • 07:30 – O‘zbekiston Prezidenti va Germaniya Federal Kansleri ko‘p qirrali munosabatlarni yanada kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qildilar 
  • 12:20 – Шароф Рашидов туманида содир этилган йўл-транспорт ҳодисаси юзасидан расмий ахборот 
  • 15:00 – АҚШ компанияси Навоийда катта шифохона қуради 

Prokuror Tajimuratovga 18 yil, Kallixanovaga esa — 11 yil berishni so‘radi

1−2 iyul kunlari Nukusda bo‘lib o‘tgan voqealar yuzasidan Buxoro shahrida davom etayotgan jinoyat ishi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston prokuraturasi 22 nafar sudlanuvchining ko‘pchiligiga uzoq muddatli qamoq jazosini talab qildi, deya  jarayon ishtirokchilari xabar berdi.

buxoro viloyati sudi, dauletmurat tajimuratov, lolagul qallixanova, nukus voqealari, sud

Foto: Oliy sud matbuot xizmi                                                                                                                                                          Ish bo‘yicha asosiy gumondor, jurnalist Dauletmurat Tajimuratovga moddalar umumlashtirilgan holda 18 yil, jurnalist (Nukusdagi voqealarga qadar va o‘sha vaqtda Toshkentda bo‘lgan) Lolagul Kallixanovaga esa — 11 yil qamoq jazosini berish so‘raldi.

Dastlabki ayblov xulosasidagidek, Jinoyat kodeksining quyidagi moddalari asosiylari hisoblanadi: 159-modda “O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish”, 244-modda “Ommaviy tartibsizliklar” hamda 244−1-modda “Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish”.

Sportchi Azamat Turdanovga esa o‘xshash moddalar (244−1-moddadan tashqari) asnosida 8 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi so‘raldi.

Qolaversa, prokuratura qolgan sudlanuvchilarga quyidagicha jazo berishni so‘radi:

  • Dauletmurat Jiyemuratovga — 9 yil;
  • Allabay Tokimbetovga — 9 yil;
  • Axmet Smetullayevga — 8 yil;
  • Baxtiyar Kadirbergenovga — 8 yil;
  • Razbek Bekmuratovga — 8 yil;
  • Sultanbek Kaipovga — 8 yil;
  • Bayram Seytniyazovga — 7 yil;
  • Azamat Nuratdinovga — 7 yil;
  • Saidabulla Medetovga — 7 yil;
  • Nurlan Nayipovga — 7 yil;
  • Polat Shamshetovga — 7 yil;
  • Saiipnazar Kalimovga — 7 yil;
  • Arislan Temirxanovga — 7 yil;
  • Amirbek Adilbekovga — 7 yil;
  • Kaxarman Seytimovga — 6 yil;
  • Polat Nurniyazovga — 6 yil;
  • Nurlan Sultamuratovga — 5 yil.

Davlat ayblovchisi faqat ikki kishi — Salamat Kalilayev va Berdax Genjebayevga 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosini berishni so‘radi.

“Gazeta.uz” Buxorodagi sud zalidan sudlanuvchilar nima qilmishlarda ayblanayotgani va ular qanday ko‘rsatmalar bergani haqida qator materiallarni tayyorlagandi. Ularni quyidagi havolalar orqali o‘qishingiz mumkin:

Ochiq manbalardan

рейтинг: 
  • 0
Изох қолдириш
белги
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
  • Бугун
  • Изохлар
  • Кўп ўқилган
Биз ижтимоий тармоқларда
  • Вконтакте
  • Facebook
  • Twitter