1−2 iyul kunlari Nukusda bo‘lib o‘tgan voqealar yuzasidan Buxoro shahrida davom etayotgan jinoyat ishi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston prokuraturasi 22 nafar sudlanuvchining ko‘pchiligiga uzoq muddatli qamoq jazosini talab qildi, deya jarayon ishtirokchilari xabar berdi.

Foto: Oliy sud matbuot xizmi Ish bo‘yicha asosiy gumondor, jurnalist Dauletmurat Tajimuratovga moddalar umumlashtirilgan holda 18 yil, jurnalist (Nukusdagi voqealarga qadar va o‘sha vaqtda Toshkentda bo‘lgan) Lolagul Kallixanovaga esa — 11 yil qamoq jazosini berish so‘raldi.
Dastlabki ayblov xulosasidagidek, Jinoyat kodeksining quyidagi moddalari asosiylari hisoblanadi: 159-modda “O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish”, 244-modda “Ommaviy tartibsizliklar” hamda 244−1-modda “Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish”.
Sportchi Azamat Turdanovga esa o‘xshash moddalar (244−1-moddadan tashqari) asnosida 8 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi so‘raldi.
Qolaversa, prokuratura qolgan sudlanuvchilarga quyidagicha jazo berishni so‘radi:
Davlat ayblovchisi faqat ikki kishi — Salamat Kalilayev va Berdax Genjebayevga 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosini berishni so‘radi.
“Gazeta.uz” Buxorodagi sud zalidan sudlanuvchilar nima qilmishlarda ayblanayotgani va ular qanday ko‘rsatmalar bergani haqida qator materiallarni tayyorlagandi. Ularni quyidagi havolalar orqali o‘qishingiz mumkin:
Ochiq manbalardan
