Авторизация
multisoft.uz
 
  • 20:15 – 22 декабрь куни Шавкат Мирзиёев Эрмитаж музейида МДҲ давлатлари раҳбарлари билан учрашди. 
  • 21:06 – Umumiy ovqatlanish sohasini qo'llab-quvvatlash to'g'risidagi Prezident qarori loyihasi tayyorlandi 
  • 21:25 – Махсус комиссия саноат корхоналарида экологик рейдлар ўтказмоқда 
  • 11:41 – Сенатнинг Фан, таълим ва соғлиқни сақлаш масалалари қўмитаси йиғилишида «Ўзбекистон – 2030» стратегиясида белгиланган ижтимоий соҳадаги вазифалар муҳокама қилинди. 
  • 15:00 – АҚШ компанияси Навоийда катта шифохона қуради 

Zomindagi YTH baxtsiz hodisada prokuraturaning ikki xodimi halok bo‘ldi

19-martga o‘tar kechasi Jizzax viloyatining Zomin tumanida sodir bo‘lgan YTH natijasida prokuraturaning ikki xodimi halok bo‘ldi.

  O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hodisa 18-mart kuni soat 23:00 atrofida sodir bo‘lgan. tuman prokurori yordamchisi bo‘lib ishlagan E.K. boshqaruvidagi Lacetti avtomashinasi Supa-Zomin yo‘li chetidagi daraxtga borib urilgan.

  Avtomashinada bo‘lgan haydovchi va Zomin tuman prokuraturasi kotibi A.K. olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan. Tuman prokuraturasi tergovchisi D. Z. tan jarohatlari olib kasalxonaga yotqizilgan.

  Mazkur holat yuzasidan Jizzax viloyati prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi – odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan yo‘l harakati yoki transport vositasidan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

рейтинг: 
  • 0
Изох қолдириш
белги
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
  • Бугун
  • Изохлар
  • Кўп ўқилган
Биз ижтимоий тармоқларда
  • Вконтакте
  • Facebook
  • Twitter