Авторизация
multisoft.uz
 
  • 20:15 – 22 декабрь куни Шавкат Мирзиёев Эрмитаж музейида МДҲ давлатлари раҳбарлари билан учрашди. 
  • 21:06 – Umumiy ovqatlanish sohasini qo'llab-quvvatlash to'g'risidagi Prezident qarori loyihasi tayyorlandi 
  • 21:25 – Махсус комиссия саноат корхоналарида экологик рейдлар ўтказмоқда 
  • 11:41 – Сенатнинг Фан, таълим ва соғлиқни сақлаш масалалари қўмитаси йиғилишида «Ўзбекистон – 2030» стратегиясида белгиланган ижтимоий соҳадаги вазифалар муҳокама қилинди. 
  • 15:00 – АҚШ компанияси Навоийда катта шифохона қуради 

Endi avtobus yo‘lagida harakatlangan haydovchilarga 1 mln 125 ming so‘mgacha jarima qo‘llanadi

Yo‘nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmadan harakatlanganlik uchun jarima belgilandi. Bu norma 10-aprel kuni qabul qilingan O‘zbekiston qonunida belgilandi .

 Qonunga muvofiq, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga haydovchilarning transport vositalarini trotuarlardan, piyodalar va velosiped yo‘lkalaridan hamda ularga tutash hududlarda barpo etilgan yashil maydonlardan yurgizganligi, yo‘l harakati ishtirokchilarining harakatiga to‘sqinlik qiluvchi noqonuniy to‘siqlar va boshqa qurilmalar o‘rnatilganligi, shuningdek, yo‘nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yo‘ldan transport vositalari harakatlanganligi bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik belgilanishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

 Kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, yo‘nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yo‘ldan transport vositalarining harakatlanishi (bundan ruxsat etilgan hollar mustasno) BHMning 1 baravari miqdorida (hozirda 375 ming so‘m) jarima solishga, xuddi shunday huquqbuzarlikni ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etish BHMning 3 baravari miqdorida (1 mln 125 ming so‘m) jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.

 Eslatib o‘tamiz, avvaliga ushbu qoidabuzarlik uchun yuqoriroq miqdordagi jarimalar taklif qilingandi, biroq deputatlar yanvar oyida qonun qabul qilinayotganda sanksiyalar miqdorini kamaytirishga qaror qilgandi.

 Avariya va maxsus xizmat avtomashinalarining ajratilgan yo‘laklarda harakatlanishiga ruxsat etiladi. Shuningdek, yondosh hududdan uzuq chiziqqa yoki eng yaqin uchastkaga kirish yoki chiqishdan 50 metr masofada yo‘lakka kirishga ruxsat beriladi. Ta’kidlash lozim, barcha siniq chiziqlar ham maqsadli qo‘llanmaydi.

рейтинг: 
  • 0
Изох қолдириш
белги
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
  • Бугун
  • Изохлар
  • Кўп ўқилган
Биз ижтимоий тармоқларда
  • Вконтакте
  • Facebook
  • Twitter