Авторизация
multisoft.uz
 
  • 20:15 – 22 декабрь куни Шавкат Мирзиёев Эрмитаж музейида МДҲ давлатлари раҳбарлари билан учрашди. 
  • 21:06 – Umumiy ovqatlanish sohasini qo'llab-quvvatlash to'g'risidagi Prezident qarori loyihasi tayyorlandi 
  • 21:25 – Махсус комиссия саноат корхоналарида экологик рейдлар ўтказмоқда 
  • 11:41 – Сенатнинг Фан, таълим ва соғлиқни сақлаш масалалари қўмитаси йиғилишида «Ўзбекистон – 2030» стратегиясида белгиланган ижтимоий соҳадаги вазифалар муҳокама қилинди. 
  • 15:00 – АҚШ компанияси Навоийда катта шифохона қуради 

Toshkentda 2 ta reduktor ichiga yashirilgan 5 kg sintetik giyohvandlik vositasi aniqlandi

Toshkent, Bojxona qo’mitasi matbuot kotibi Husan Tangriyevning ma’lum qilishicha, 31 yoshli taksi haydovchisi 2 dona avtoehtiyot qismni Rossiyadan 200 dollar evaziga O’zbekistonga olib kelib bergan.

Shuningdek, yana bir fuqaro 150 ming so’m evaziga reduktorlarni «Navoiy» bojxona postidan olib o’tib berishga rozi bo’lgan. Bojxona postidagi tekshiruvlarda ehtiyot qismlar ichida 5 kg og’irlikdagi klefedron sintetik giyohvandlik vositasi borligi ma’lum bo’lgan.

Tezkor tadbir davom ettirilib, giyohvandlik vositasini Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi 2 nafar shaxsga eltib berishi kerak bo’lgan kuryer ham qo’lga olingan.

Ta’kidlanishicha, taksist ham, reduktorlarni bojxonadan olib o’tib bergan kishi va kuryer ham ehtiyot qismlar ichiga giyohvandlik vositasi yashirilganini bilmagan.

Bojxona qo’mitasi fuqarolardan bojxona postlari orqali o’zgalarning yuklarini olib o’tib bermaslikni so’ramoqda.

рейтинг: 
  • 0
Изох қолдириш
белги
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
  • Бугун
  • Изохлар
  • Кўп ўқилган
Биз ижтимоий тармоқларда
  • Вконтакте
  • Facebook
  • Twitter