Авторизация
multisoft.uz
 
  • 14:37 – Prezident korrupsiyaga qarshi kurashda “favqulodda holat” e’lon qildi 
  • 21:06 – Umumiy ovqatlanish sohasini qo'llab-quvvatlash to'g'risidagi Prezident qarori loyihasi tayyorlandi 
  • 21:25 – Махсус комиссия саноат корхоналарида экологик рейдлар ўтказмоқда 
  • 15:10 – O‘zbekistonda o‘quvchi va talabalarni narkotik moddalar iste’mol qilish bo‘yicha tekshirish rejalashtirilmoqda. 
  • 15:00 – АҚШ компанияси Навоийда катта шифохона қуради 

Toshkent shahar hokimining korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha yangi o‘rinbosari tayinlandi

Toshkent shahri hokimining komplayens va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Mirhamidov Mirmuhammad Mirshaxidovich tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimiyati matbuot xizmati xabar berdi.

2023-yildan buyon M. Mirhamidov Bosh prokuraturaning sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijro etilishi ustidan nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

M. Mirhamidov 1982-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Oliy ma’lumotli, mutaxassisligi bo‘yicha huquqshunos. O‘zbekiston Milliy universiteti hamda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Adliya katta maslahatchisi unvoniga ega. 2006-yildan buyon prokuratura organlarida mehnat faoliyatini olib borgan.

рейтинг: 
  • 0
Изох қолдириш
белги
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
  • Бугун
  • Изохлар
  • Кўп ўқилган
Биз ижтимоий тармоқларда
  • Вконтакте
  • Facebook
  • Twitter