Авторизация
multisoft.uz
 
  • 20:15 – 22 декабрь куни Шавкат Мирзиёев Эрмитаж музейида МДҲ давлатлари раҳбарлари билан учрашди. 
  • 21:06 – Umumiy ovqatlanish sohasini qo'llab-quvvatlash to'g'risidagi Prezident qarori loyihasi tayyorlandi 
  • 21:25 – Махсус комиссия саноат корхоналарида экологик рейдлар ўтказмоқда 
  • 11:41 – Сенатнинг Фан, таълим ва соғлиқни сақлаш масалалари қўмитаси йиғилишида «Ўзбекистон – 2030» стратегиясида белгиланган ижтимоий соҳадаги вазифалар муҳокама қилинди. 
  • 15:00 – АҚШ компанияси Навоийда катта шифохона қуради 

Jizzaxga yangi prokuror, tuman IIB boshliqlari tayinlandi

Jizzax viloyati huquq-tartibot idoralari tizimida kadrlar tayinlanishi amalga oshirildi.

Shunday qilib, Mamatov Muzaffar Mamatovich Jizzax shahar prokurori etib tayinlandi. Ushbu tayinlovga qadar u Toshkent viloyati Olmaliq shahar prokurori lavozimida ishlab kelgan.

Asqarov O‘ktam Baxromovich Jizzax IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. U bungacha Sharaf-Rashidov tumani IIB boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

Shahar IIBning sobiq boshlig‘i Muratov Akmal Bohodirovich Sharaf-Rashidov tumani IIB boshlig‘i lavozimini egalladi.

Podpolkovnik Nurmatov Isroiljon Ibraimjonovich G‘allaorol tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i etib tayinlandi. U bungacha Do‘stlik tumani IIB boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

Shuningdek, Naimov Bekzod Akram oʻgʻli Doʻstlik tumani IIB boshligʻi lavozimiga ilgari Gʻallaorol tumani IIB boshligʻi lavozimida ishlab kelgan.
рейтинг: 
  • 0
Изох қолдириш
белги
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
  • Бугун
  • Изохлар
  • Кўп ўқилган
Биз ижтимоий тармоқларда
  • Вконтакте
  • Facebook
  • Twitter