Qozog‘iston rahbari mamlakat hududlarida konstitutsiyaviy tuzum tiklanganini ma’lum qildi
Facebook
Вконтакте
Одноклассники
Google+
Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev mahalliy hokimiyat organlari vaziyatni nazoratga olgani va respublikaning barcha hududlarida konstitutsiyaviy tuzum tiklangani haqida bayonot berdi.
Bu haqda juma kuni terrorizmga qarshi kurash shtabining yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
"Antiterror operatsiyasi boshlandi. Huquqni muhofaza qilish organlari qizg'in ishlamoqda. Mamlakatimizning barcha hududlarida asosan konstitutsiyaviy tuzum tiklandi. Mahalliy hokimiyat idoralari vaziyatni nazorat qilmoqda. Ammo terrorchilar qurol ishlatishda va fuqarolarning mulkiga zarar yetkazishda davom etmoqda. Shu bois aksilterror harakatlar jangarilar to‘liq yo‘q qilinmaguncha davom ettirilishi kerak”, — dedi Tokayev.
2 yanvar kuni Qozog‘istonning bir qancha shaharlarida norozilik aksiyalari boshlandi. Keyinchalik ular boshqa shaharlarga, jumladan, Olmaotaga tarqaldi va 5 yanvarda talonchilik va davlat muassasalariga hujumlar bilan birga tartibsizliklar va pogromlarga aylandi. Oqibatda mingdan ortiq odam tan jarohati oldi, qurbonlar bor. Qozog‘iston prezidenti Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotidan yordam so‘radi. Tinchlikparvar kuchlarning birinchi bo‘linmalari Qozog‘istonda o‘z missiyasini bajarishga kirishdi.
Источники: Из открытых источников - Ochiq manbalardan - From open sources