Авторизация
multisoft.uz
 
  • 19:30 – Prezident Buxoroda gaz-kimyo majmuasi, quyosh elektr stansiyasi va xalqaro aeroport qurilishiga start berdi 
  • 21:06 – Umumiy ovqatlanish sohasini qo'llab-quvvatlash to'g'risidagi Prezident qarori loyihasi tayyorlandi 
  • 07:30 – O‘zbekiston Prezidenti va Germaniya Federal Kansleri ko‘p qirrali munosabatlarni yanada kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qildilar 
  • 12:20 – Шароф Рашидов туманида содир этилган йўл-транспорт ҳодисаси юзасидан расмий ахборот 
  • 15:00 – АҚШ компанияси Навоийда катта шифохона қуради 

Noqonuniy to‘siq o‘rnatish va ko‘chani to‘sish uchun jarimalar joriy etildi

O‘zbekistonda qonunga xilof ravishda to‘siqlar o‘rnatganlik va ko‘chalarni to‘sib qo‘yganlik uchun javobgarlik belgilandi. Bu prezident 10-aprel kuni imzolagan qonunda nazarda tutilgan, deya xabar beradi   Adliya vazirligi. Hujjat juma kuni kuchga kiradi.

 Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 147-moddasi yo‘l harakati qatnashchilarining harakatiga to‘sqinlik qiluvchi to‘siqlar va boshqa qurilmalarni qonunga xilof ravishda o‘rnatish to‘g‘risidagi nizom bilan to‘ldirildi. Qoidabuzarlik fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari (1,875 million so‘m), mansabdor shaxslarga esa 20 baravari (7,5 million so‘m) miqdorida jarima solishni nazarda tutadi.

 Avvalroq Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Qutbidin Burxanov noqonuniy o‘rnatilgan to‘siqlar yo‘l harakati xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini ma’lum qilgandi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, fuqarolar yashash hududlaridagi ko‘chalarda noqonuniy ravishda sun’iy to‘siqlar o‘rnatishi, yo‘lni to‘sib qo‘yish orqali haydovchilar va boshqa fuqarolarga, ayniqsa, aholiga shoshilinch xizmat ko‘rsatuvchi hamda maxsus transport vositalari harakatiga to‘sqinlik qilmoqda.

 Senator Malika Qodirxonovaning ta’kidlashicha, bunday xatti-harakatlar noqonuniy bo‘lishiga qaramay, mahallalarda ko‘plab tijorat va ijtimoiy obyektlar — xususiy poliklinikalar, bolalar bog‘chalari, maktablar, savdo do‘konlari, masjidlar, bolalar maydonchalari mavjud bo‘lgani uchun aholining to‘siqlar o‘rnatishini tushunish mumkin.

 Aholi turar joylarida, ayniqsa, maktab va bolalar bog‘chalari yaqinida beton, asfalt yoki plastikdan yasalgan tezlikni pasaytirish moslamalarini, shuningdek, shlagbaumlarni ruxsatsiz o‘rnatish keng tarqalgan.

рейтинг: 
  • 0
Изох қолдириш
белги
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
  • Бугун
  • Изохлар
  • Кўп ўқилган
Биз ижтимоий тармоқларда
  • Вконтакте
  • Facebook
  • Twitter